47 yoshli xitoylik Chjimin Syan 2014–2017-yillarda 128 mingdan ortiq omonatchini aldab, jami 7 milliard dollarga yaqin mablagʻni oʻmarganini sudda tan oldi.
U oʻzining Tianjin Lantian Gerui Electronic Technology kompaniyasi orqali qurbonlarga 300% daromad vaʼda qilgan.
Yigʻilgan mablagʻlarni esa asosan bitkoinlarga aylantirgan.
Xitoy OAVda Chjimin Syanning ishi mamlakat tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarliklardan biri sifatida baholanmoqda.