Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 1 daqiqa o'qish

Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qiladi

Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini xarid qiladi

Shavkat Mirziyoyev bugun Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv o‘tkazdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tashrif doirasida imzolangan “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi o‘z tarixidagi eng katta xarid bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Boeing kompaniyasi bilan tuzilgan 14+8 shaklidagi shartnomaga ko‘ra, 14 ta Boeing 787-9 Dreamliner samolyoti xarid qilinadi va yana 8 ta shu turdagi havo kemasi opsion sifatida olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shundan so’ng, AQSH Prezidenti Donald Tramp «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

«Shu oy boshida men O‘zbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bugun men Prezident Mirziyoyevni «Boeing» bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

«Uzbekistan Airways» 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson va biz boshqa ko‘plab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz!⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu masalaga e’tiboringiz uchun tashakkur»⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Abrambek Azimov
Muallif
Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Mavzuga oid

Jahon