Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Ekologiyaga zarar yetkazayotgan 50 dan ortiq charm va 35 ta to‘qimachilik korxonasi Toshkentdan ko‘chiriladi

428d356df785c55f3f7b75804383e9030815

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning ma’lum qilishicha, mazkur korxonalar Ohangaron tumanida joylashgan 15 gektar maydondagi charm klasteriga joylashtiriladi. Unga yana 20 gektar yer qo‘shib beriladi.

 

Shuningdek:

 

Ohangaron suv ombori atrofidan 168 gektar yer Toshkent shahar hokimligiga beriladi. Ushbu hududda Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda kamida 600 nafar sayyohni qabul qila oladigan turistik zona barpo etiladi;

 

Poytaxt tumanlari Toshkent viloyati tumanlariga biriktiriladi, masalan, Mirobod Parkent tumanidagi, Uchtepa Zangiota tumanidagi loyihalarga mas’ul bo‘ladi;

 

Angrendagi Yangobod, Lashkerek qishloqlariga turizm qishloqlari maqomi beriladi.