Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

FIFA Prezidenti O’zbekistonga yana tashrif buyurdi

photo 2025 09 08 02 51 18

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko‘ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino Oʻzbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda “CAFA Nations Cup 2025” musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

 

FIFA delegatsiyasini Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi.