Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Braziliyalik notanish tadbirkor Neymarga 1 milliard dollarlik meros qoldirdi

920 95 4051523369

Braziliyalik futbol yulduzi Neymar umrida ko‘rmagan odamdan 1 milliard dollar meros oladi.

Ismi oshkor etilmagan braziliyalik tadbirkor futbolchiga 1 milliard dollarga baholanayotgan barcha aktivlarini qoldirishga qaror qilgan.

Tadbirkorning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgani uchun vasiyatnoma tuzdirgan. Uning farzandlari va yaqin qarindoshlari yo‘q. Xabarga ko‘ra, u doim Neymarning muxlisi bo‘lgan va hayotga qarashlarini ham o‘ziniki bilan uyg‘un deb hisoblaydi.

Vasiyatnoma tuzib bo‘lindi, endi sud tomonidan tasdiqlansa, Neymar ulkan boylik egasiga aylanadi.