31-avgust kuni Maglingen shahridagi futbol maydonida shveysariyalik Florian Tyurler 1047 ta “Liverpul” o‘yin libosini yoyib chiqdi va shu tariqa bir klub futbolkalari kolleksiyasi soni bo‘yicha jahon rekordini rasman o‘rnatdi.
Natija Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, chunki bungacha hech kim bir jamoaga oid bunday keng ko‘lamli libos to‘plamini namoyish etmagan edi. U liboslarni taxminan ellik yil davomida yig‘ib kelgan.
Tyurler “mersisaydliklar”ga hali o‘smirlik chog‘idayoq muxlislikni boshlagan va shuning uchun uning to‘plamida o‘tgan asrning o‘rtalariga oid nodir eksponatlar, jumladan 1950-yillarga mansub namunalar ham uchraydi. Kollektsionerning aytishicha, ilk modellar alohida faxr uyg‘otadi va klubning shakllanish davrini eslatadi. Liboslar faqat qizil rangdagi asosiy liboslari emas, ular orasida boshqa rangdagi jamoaning 2-va3-liboslari ham bor.
Qizig‘i shundaki, rekord egasi bir vaqtlar “Yang Boys” hujumchisi sifatida maydonga tushgan.