Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi fuqarolar transport vositalarini xarid qilishda aldanib qolmasliklari uchun respublikamizda muvofiqligi tasdiqlangan, rasmiy dilerlar tomonidan muomalaga chiqarilayotgan (sotilayotgan) transport vositalari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 19 ta ishlab chiqaruvchi va/yoki ularning rasmiy dilerlari hamda ular haqidagi ma’lumotlar ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.
To‘liq ro‘yxat bu yerda: https://gov.uz/oz/standart/pages/dillers