Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Onlayn auksionda +998 91 000 00 00 mobil raqami 850 million so’mga sotildi

Abrambek Azimov 16.08.20251 daqiqa o'qiladi
53

Bugun, 15-avgust kuni elektron savdoda boshlang‘ich narxi 500 million so‘m etib belgilangan mobil raqam 850 million so‘mga sotildi. Bu haqda Tovar xom-ashyo birjasining mobil raqamlar onlayn savdosida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, ushbu savdo 8-avgust kuni soat 12:16 da boshlanib, 15-avgust 12:26 da yakunlangan. Ushbu raqam +998 91 000 00 00 bo‘lib, jismoniy shaxs tomonidan xarid qilindi.

Auksion jarayonida keyingi eng yaxshi taklif 900 million so‘mni tashkil qilgan. Savdoda vositachilik yig‘imi 27 million so‘m, zakalat miqdori esa 50 million so‘m bo‘lib, umumiy to‘lov summasi 77 million so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 20-mart kuni onlayn-auksionda mobil telefon raqami 1,07 milliard soʻmga sotilgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyda «baxtli raqam» 440 ming dollarga sotilgani haqida yozgandi. 

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *