Zoom orqali oʻtayotgan videokonferensiya vaqtida u nomaʼlum ayolni bagʻriga bosib turgani koʻrinib qolgan. Maʼlum boʻlishicha, videodagi shaxs Samarqanddagi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, xabarlarda tilga olingan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Vazirlik oʻz tizimida xizmat intizomi va odob-axloq qoidalari buzilishiga nisbatan mutlaqo murosasizlik prinsipiga amal qiladi deydi vazirlik matbuot xizmati.
