Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Bunda, universitetining kafedra oʻqituvchisi tanish-bilish orqali toshkentlik fuqaroni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4000 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Boshqa holatda esa Fargʻona davlat universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Fargʻona shahrida yashovchi fuqaroni boks boʻyicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlagan.
Shu orqali mazkur universitetning harbiy taʼlim fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3800 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur oʻqituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ta’kidlangan.