Mashhur amerikalik repper Snoop Dogg Telegram messenjeri uchun maxsus “Gifts” (Sovg‘alar) nomli videoklipni e’lon qildi.
Videoda Telegram asoschisi Pavel Durovning boshi qo‘y tanasiga biriktirilgan rasm ko‘rinadi, sahnada esa soxta “TGLA” telekanali muxbiri Telegram’da nima bo‘layotgani haqida kinoya bilan gapiradi.
Klipning ikkinchi daqiqasida Durovning o‘zi ham “Sen — alangalaysan. Men — kodni beraman. Birgalikda internetni portlatamiz”, degan xabar bilan paydo bo‘ladi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Snoop Dogg’ning nomidan chiqarilgan deyarli million dona raqamli Telegram sovg‘alari 30 daqiqa ichida butunlay sotilib, 12 million dollar daromad keltirgan.
Telegram asoschisi Pavel Durov va Snoop Dogg’ning ushbu hamkorligi texnologiya va musiqa sohasida raqamli san’at, kod va ijodni birlashtirgan g‘ayrioddiy loyiha sifatida e’tirof etilmoqda.