Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida, O‘zbekistonda har to‘rtinchi yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘layotgani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko’ra, o‘tgan yil davomida 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan, bu hodisalar natijasida 2 303 kishi halok bo‘lgan va 9 000 kishi jarohat olgan.
Eng ko‘p o‘lim holatlari Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan.
Joriy yilning 6 oyi davomida esa, 20 ta hududda avariyalar soni yuqoriligicha qolmoqda.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, “Har to‘rtinchi avariyada bir kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak.”