Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

11-iyuldan IELTSning qog‘oz imtihonlari to‘xtatiladi

zi1v1U17505781190811 l

O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTS imtihonining qog‘oz shaklidagi topshirishlari to‘xtatiladi. Bu haqda IDP test markazi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 10-iyulga rejalashtirilgan qog‘oz imtihonlari o‘z vaqtida o‘tkaziladi. 11-iyuldan esa faqat kompyuterda (computer-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.

British Council hozircha bu borada rasmiy e’lon chiqarmagan, biroq uning saytida ham qog‘oz variantiga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud emas.

Avvalroq ro‘yxatdan o‘tganlar istasa, imtihon shaklini computer-based ga almashtirishi yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishi mumkin.

Bu o‘zgarishlar, ilgari 7-iyun kungi imtihonda savollar tarqalib ketgani haqidagi xabarlar ortidan qabul qilingan choralar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘shanda nomzodlarning natijalari tekshiruv uchun vaqtincha to‘xtatilgan edi.