Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Sport

Abduqodir Husanov “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin — manba

Abrambek Azimov 08.07.20251 daqiqa o'qiladi
104

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Yunayted” safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Scout in Eurasia nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlari Husanovning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni yangi mavsumda jamoani kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumki, Husanov 2024-yilning qishki transferlar oynasida “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq, u klubda doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shu bois, futbolchining ijaraga berilishi ehtimoli ortgan.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” skautlaridan biri quyidagicha izoh bergan:

“Men Husanovni kashf qilgan skautman. Markaziy Osiyo futboli salohiyati borasida ijobiy fikrdaman”.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2024-yil boshida “Manchester Siti”ga o‘tgandi. So‘nggi uch oy ichida u jamoa safida atigi bir uchrashuvda maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliyaning eng sovrindor klublaridan biri sanaladi. Klub hisobida 13 ta Angliya Premyer Ligasi chempionligi, 13 ta Angliya kubogi va 3 ta UEFA Chempionlar Ligasi g‘alabasi mavjud.

Daryo.uz

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *