Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

O‘zbekiston Ozarbayjon bilan birga 2027-yilgi U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilishi mumkin

photo 2025 07 07 10 46 46

O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilda o‘tkaziladigan FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish bo‘yicha qo‘shma ariza yubordi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Nomzodlik uchun FIFA ga yuborilgan arizada O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol federatsiyalari so‘nggi yillarda futbol sohasida amalga oshirilgan islohotlar, infratuzilmaning xalqaro talablarga moslashuvi va turkiyzabon davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni hisobga olgan holda musobaqani yuqori darajada o‘tkazishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Ta’kidlash lozim, oxirgi yillarda O‘zbekiston Osiyo U-20 va U-23 chempionatlariga, shuningdek, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qilib, katta tajriba to‘pladi. Mazkur futzal mundiali FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan eng yaxshi turnirlardan biri sifatida baholangan edi.

Ma’lumot uchun yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlari-2025 musobaqasiga ham mezbonlikni O’zbekiston terma jamoasi qo’lga kiritgan edi. Ammo musobaqaga oz vaqt qolganda mezbonlik O’zbekistondan olib qo’yilgan va Bahrayin mamlakatiga topshirilgan edi. Osiyo Olimpiya kengashi mamlakatdagi sport inshootlari musobaqani o’tkazishga tayyor emasligi sabab ushbu qarorga kelgani ta’kidlangan.