Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Toshkentda intervyu bahonasida pul to‘playotgan firibgarlar ushlandi

photo 2025 07 07 09 43 19

Toshkentning Chilonzor tumanida 21 yoshli Sh.S., 24 yoshli S.S. va 20 yoshli T.A. shaxslar, fuqaro bilan intervyu olish bahonasida, masjid qurilishi va nogironlarga yordam kabi soxta da’volar bilan pul yig‘ib, firibgarlik qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ushbu shaxslar fuqarolar bilan suhbat qurib, ular bilan intervyu o‘tkazish bilan, firibgarlik maqsadida soxta sabablar bilan pul yig‘ishayotgani tasvirlangan.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur shaxslar firibgarlikda gumon qilinib, ushlandi. Hozirda Chilonzor tumanidagi IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.