4-iyul kuni soat 12:08 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY hududidagi qir adirliklarida quruq o‘t yonayotgani haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar tushgan. Shundan so‘ng, ikki yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlari olib bormoqda.
Kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in kuchli bo‘lib, tutun osmonni qoplab olgan. Hozircha yong‘inning sabablari va zarar ko‘lami haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Yong‘in Taxtaqoracha dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga xavf solmagan, dovon bo‘yicha ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.