Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Andijonda mast fuqaro IIB xodimini pichoqlab,uning o’limiga sabab bo’ldi

Nilufar Qobilova 02.07.20251 daqiqa o'qiladi
81

Andijon viloyatining Xo’jaobod tumanida og’ir jinoyat sodir etildi. 65 yoshli erkak, mast holda oila a’zolariga pichoq bilan tahdid qilganidan so’ng, voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektori Abdurahul Abduvaliyevga pichoq bilan hujum qildi.

Inspektor og’ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etdi.

Hozirda hujumni amalga oshirgan shaxs qochib ketgan va ichki ishlar vazirligi uning joylashgan joyi haqida ma’lumotga ega bo’lgan shaxslardan 102 raqamiga yoki yaqin IIBga murojaat qilishni so’radi.

Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *