Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Xitoyda kanalizatsiyada 7 soat qolib ketgan qizaloq qutqarib olindi
Jahon

Xitoyda kanalizatsiyada 7 soat qolib ketgan qizaloq qutqarib olindi

Gulhayo Naimova 27.06.20252 daqiqa o'qiladi
107

NBC News xabariga ko‘ra, 8 yoshli qiz Xitoy janubidagi kuchli suv toshqinlari vaqtida 7 soatdan keyin kanalizatsiyadan sog‘-omon chiqarib olindi.

Qizcha maktabdan uyga qaytayotganda Guichjou (Guizhou) viloyatida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan toshqin oqimi uni kanalizatsiya yoʻliga olib ketgan, deya ma’lum qildi mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmati. U yo‘lda poyabzalini olib chiqmoqchi bo‘lgan.

NBC News bergan ma’lumotga ko‘ra, u quvur ichida taxminan 10 metr (32 fut) chuqurlikka tushib ketgan va u yerda joylashgan gorizontal panjaraga osilib, 7 soatdan ortiq vaqtni o‘tkazgan. Qutqaruvchilar uni tirik, butunlay ho‘l, ammo jiddiy jarohatlarsiz holda topishgan.

“Bu birinchi sinf o‘quvchisi qorong‘ilik, sovuq va doimiy qo‘rquvga qaramay, matonat bilan kurashdi,” deyiladi rasmiy bayonotda. “Biz bu jasur qizchani olqishlaymiz.”

Xitoyda 17-iyundan buyon davom etayotgan kuchli yomg‘ir Guangdong, Guansi (Guangxi), Guichjou va Xubey (Hubei) viloyatlarida talafotlarga sabab bo‘lmoqda. Davlat axborot agentligi “Sinxua”ning (Xinhua) xabar berishicha, kamida 6 kishi halok bo‘lgan, o‘n minglab odamlar evakuatsiya qilingan. Suv toshqinlari ko‘plab uylar, yo‘llar va infratuzilmani vayron qilgan.

Xitoy hukumati dushanba kuni jiddiy zarar ko‘rgan hududlarga 300 million yuan (41 million AQSh dollari) miqdorida favqulodda yordam puli ajratganini ma’lum qildi. Mamlakat Suv resurslari vazirligi xabariga ko‘ra, kamida 20 ta daryoda suv sathi ogohlantiruv darajasidan oshgan.

Toshqinlar oqibatida hosil bo‘lgan loyqalarni tozalash, elektr, aloqa va ichimlik suvi tarmoqlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, hukumat fuqarolarni yo‘llarning cho‘kishi, ko‘chkilar va suv omborlarining toshib ketishi kabi ikkilamchi xavflarga nisbatan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *