Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 935.37 +23.66 EUR 13 432.07 +112.40 RUB 145.58 −0.91

2026-yil 1-yanvardan bir shaxs ikki lavozimni egallab turishiga chek qo‘yiladi

2026-yil 1-yanvardan bir shaxs ikki lavozimni egallab turishiga chek qo‘yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qonuni, 2023-yil 1-maydagi O‘RQ-837-son qarorga muvofiq, tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan bir shaxs ikki lavozimni egallab turishi mumkin emasligi 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi 3-qismiga asosan viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi mumkin emasligi haqidagi qoidalari belgilab qo‘yilgan.

Tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda uzluksizligini ta’minlash zarurligi munosabati bilan ushbu qonunda keltirilgan qoidalar tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga nisbatan 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilishi belgilangan.