Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Fars agentligi: Tehronda 10 mingdan ortiq josus dronlari fosh etildi
Jahon

Fars agentligi: Tehronda 10 mingdan ortiq josus dronlari fosh etildi

Gulhayo Naimova 23.06.20252 daqiqa o'qiladi
1108

Fars axborot agentligining ishonchli manbasiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, Tehronda 10 mingdan ortiq mayda uchuvchi qurilma (dron) aniqlanganini ma’lum qildi. Bu dronlar, asosan, josuslik va sabotaj harakatlari uchun Isroil rejimi bilan aloqador shaxslar tomonidan foydalanilgan.

Bugun FARAJA (Eron politsiyasi) vakili Tehronning shimoli-g‘arbiy tog‘larida joylashgan dron yuborish tarmog‘i aniqlanib, yo‘q qilinganini e’lon qildi. Operatsiya davomida katta miqdorda dronlarni boshqarish va yo‘naltirish uskunalari musodara qilindi.

Tekshiruvlarga ko‘ra, Eronning ko‘plab ilmiy va akademik shaxslariga qarshi qilingan suiqasdlar aynan mana shu dronlar yordamida amalga oshirilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, xorijiy kuchlar va yollanma agentlar xalq tomonidan yuborilgan xabarlardan so‘ng maxfiy xizmatlar va xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. Ular orasida ayrimlar avtomobil shinalarini yoqish, quruq o‘simliklarni yondirish yoki tovushli bomba portlatish kabi harakatlar orqali jamiyatda vahima uyg‘otishga urinib ko‘rgan.

Bugun tushdan keyin Eron politsiyasi va “BASIJ” kuchlariga tegishli bir nechta bino va tayanch punktlar hujumga uchragan, natijada bir nechta odam halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Ayrim tahlillarga ko‘ra, bu hujumlar josuslik tarmoqlariga qarshi olib borilayotgan kurashni izdan chiqarishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Eron xavfsizlik idoralari dushman kuchlar nafaqat harbiy yo‘l bilan, balki ichki xavfsizlikni izdan chiqarish orqali ham hujum qilayotganini ma’lum qilgan. Biroq, mamlakat razvedka xizmatlari bu tahdidlarni bartaraf etish uchun hushyorlik bilan ishlamoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *