2024-yilgi moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra, AQSh B1/B2 (biznes va turizm) vizasini olishda rad javobi berilganlar foizi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik arizachilarning 64,41 foizi viza olishda rad javobini olgan. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo bo‘yicha eng yuqori, global miqyosda esa sakkizinchi o‘rinda turadi.
Mintaqa davlatlari kesimida rad javoblari darajasi quyidagicha:
O‘zbekiston — 64.41%
Turkmaniston — 58.80%
Qozog‘iston — 46.29%
Tojikiston — 45.24%
Qirg‘iziston — 39.14%
Dunyo bo‘yicha eng yuqori rad ko‘rsatkichi qayd etilgan TOP-10 davlatlar:
1. Gvineya-Bissau — 76.59%
2. Somali — 77.02%
3. Liberiya — 79.38%
4. Laos — 82.84%
5. Gambiya — 66.03%
6. Togo — 66.60%
7. Burundi — 65.52%
8. O‘zbekiston — 64.41%
9. Jibuti — 64.71%
10. Keniya — 63.32%
Mutaxassislar bu ko‘rsatkichlarni migratsiya xavfi, iqtisodiy barqarorlik, arizachilarning moliyaviy holati va AQShda qolib ketish ehtimoli kabi omillar bilan izohlaydi.