Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Rossiya Federal xavfsizlik xizmati volgogradlik 60 yoshli ayol va 35 yoshli oʻzbekistonlikning “muhabbat”iga ishonmadi
Jahon

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati volgogradlik 60 yoshli ayol va 35 yoshli oʻzbekistonlikning “muhabbat”iga ishonmadi

Gulhayo Naimova 18.06.20251 daqiqa o'qiladi
214

Volgograd viloyatida noqonuniy migratsiyani tashkil qilishda gumon qilingan shaxslar guruhi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ning hududiy boshqarmasi xabar berdi.

Tergovga ko‘ra, 60 yoshli volgogradlik ayol va 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘zaro kelishuv asosida nikoh tuzgan. Nikoh rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa-da, tergovchilar uni soxta deb hisoblamoqda. Ushbu nikoh orqali O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash huquqini olgan.

FXX taqdim etgan materiallar asosida Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ushbu moddaga ko‘ra, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 1 million rublgacha jarima belgilanadi.
Tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

FXX shuningdek, 2022-yil aprel oyida ro‘y bergan shunga o‘xshash holatni eslatdi. O‘shanda volgogradlik Irina B. O‘zbekiston fuqarosi Firuzjon K. bilan nikoh tuzgan, shundan so‘ng u Rossiyada vaqtincha yashash huquqini olgan edi. Prokuratura tekshiruvlari bu nikoh ham fuqarolik olish maqsadida tuzilganini aniqlagan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *