Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

1-avgustdan boshlab, barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

Nilufar Qobilova 16.06.20251 daqiqa o'qiladi
1182

Sirdaryo tumanida yangi “Islohotlar shtabi” tuzildi, unda 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakillari va yirik tadbirkorlar ishtirok etadi.

“Islohotlar shtabi” tumanning 38 ta mahallasida 3 oy davomida loyiha, infratuzilma, moliyaviy manbalar va kadrlar masalalarini qamrab olgan uch yillik dasturni tayyorlaydi. Kelgusi yil uchun byudjet, infratuzilma, ishlab chiqarish, xizmat, investitsiya va bandlik dasturlari shu asosda tasdiqlanadi.

Natijalarga qarab, bu yangi tajriba kelasi yildan butun respublikada qo‘llaniladi.

1-avgustdan boshlab, barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi. Xodimlarga ularning ishiga qarab oylik ustama va qo‘shimcha bonuslar beriladi.

“Lekin, qars ikki qo‘ldan chiqadi. O‘ziga yuklatilgan vazifani bajara olmagan xodimlarga choralar ko‘riladi. Ana shunda hamma intizom va reja bilan ishlashga o‘rganadi. Viloyat, tuman hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, vazirlar, bank rahbarlari yaxshi eshitib olsin: yarim yil yakuni bilan ”g’alvirni suvdan ko‘tarib”, kim nima ish qilgani bo‘yicha qattiq so‘rov qilaman,” deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *