Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga oshgan bo‘lsa-da, Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida bu o‘sish respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ham yetmagan.
Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qolmoqda. Lekin soliqchilarning 70-80 foiz vaqti uyma-uy yurib soliqlarni yig‘ishga sarflanmoqda. Prezidentimiz bu holatga:
“Bu 1 so‘m soliq yig‘ish uchun 2 so‘m resurs sarflash bilan barobar emasmi? Aksariyat soliqchilar soliq to‘lashning konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, odamlar soliqni o‘zlari to‘laydi!” deb ta’kidladi.
Shuningdek, “Agar mahalladagi soliqchi o‘z vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshadi,” dedi Prezident.
Maqsadli ravishda mahalliy soliq yig‘ish tizimini takomillashtirish uchun mutasaddilarga yangi mexanizmni ishlab chiqish topshirildi.