Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari ishdan bo‘shatiladi

Nilufar Qobilova 16.06.20251 daqiqa o'qiladi
171

Prezidentimizning so‘nggi chiqishida Toshkent va Buxoro shaharlarida mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini ta’kidlab, hokimlar va vazirlarni murojaatlarga samarali javob berishga chaqirdi. Prezidentimiz:

“Ayniqsa, Toshkent shahri va Buxoroda mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganini hokimlar qachon tahlil qilgan? Vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, odamlar dodini kimga aytsin?”

“Har bir murojaat orqasida inson taqdiri, uning dardi va umidi turadi, uni unutmang!” dedi.

Tizimdagi kamchiliklar tufayli, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilib, masalalarni hal qilishga qodir fidoyi kadrlar bilan to‘ldiriladi.

Xalq qabulxonalariga endi viloyat va tuman hokimlari bevosita rahbarlik qilishi belgilandi. Hokimlar har kuni ishni aholi dardini eshitishdan boshlaydi va murojaatlarni shu yerda hal qilishga mas’ul bo‘ladi. Prezidentimiz:

“Hokimlar bir narsani tushunib o‘lsin, bugungi muammoni ertaga qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaatni boshqa idoralarga yubormasdan, shu yerda hal qiladi.”

Shuningdek, tuman hokimlarining vakolatlari kengaytiriladi va masalalarni tez hal qilish uchun qo‘shimcha resurslar beriladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *