Hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermaganligi uchun islohotlar ijrosi cho’zilib ketayotgani tanqid qilindi.
Suyultirilgan gaz bilan bog’liq muammo
Suyultirilgan gaz yetkazib berishda 60-70 kunlab uzilishlar kuzatilmoqda, ayniqsa, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida murojaatlarning 70 foizi aynan shu masala bilan bog’liq.
Prezidentimiz bu vaziyatga:
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?”deb o‘z fikrini bildirib, “Rahbarlarga so‘nggi ogohlantirish: bu masalaga ikki haftada yechim topsin, bo‘lmasa o‘zi bilib joyini bo‘satib qo‘ysin” deb qat’iy bayon qildi.
Energiya samaradorligi muammolari
Shuningdek, yozning boshlanishi salqin kelganiga qaramay, kunlar isib, elektr energiyasi iste’moli oshishi kutilmoqda. Energiya samaradorlik agentligi tashkil etilgan va budjetdan 100 milliard so‘m ajratilgan.
Energetika vazirligi va agentlik vazirliklar, hokimliklar va davlat korxonalarning oylik elektr energiyasi iste’moli 500 kilovatt soatdan yuqori bo‘lgan xodimlari ro‘yxatini shakllantirib, ularni yashil ta’mir krediti yoki subsidiya bilan ta’minlashni ko‘zda tutgan.
Buning orqasidan, yil oxirigacha iste’moli yuqori bo‘lgan kamida 100 ming xonadonning energiya samarador tizimlarga o‘tishi nazarda tutilmoqda.