Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Pulli sinflar” haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda: vazirlik munosabat bildirdi
O'zbekiston

“Pulli sinflar” haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilinmoqda: vazirlik munosabat bildirdi

Nilufar Qobilova 15.06.20252 daqiqa o'qiladi
166

O‘zbekiston ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “maktablarda pulli sinflar ochilmoqda” degan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Vazirlik bayonotida ta’kidlanishicha, bu holat Konstitutsiyaviy normalarga zid emas va umumta’lim maktablaridagi barcha darslar davlat hisobidan bepul amalga oshirilishi kafolatlanadi.

Vazirlik izohiga ko‘ra:

• Ijtimoiy tarmoqlarda “pulli sinf” deb atalgan holatlar, aslida o‘quv reja va davlat ta’lim standartlaridan tashqari mashg‘ulotlar bo‘yicha tashkil etiladigan ixtiyoriy ta’lim xizmatlaridir.

• Bu tartib 2019-yil 22-apreldagi 343-sonli Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi.

• Xizmatlar maktab direktori va ota-onalar o‘rtasidagi shartnoma asosida tashkil etiladi va faqatgina ota-onalarning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlaridan tushadigan budjetdan tashqari mablag‘larning kamida 50 foizi o‘qituvchilarga maosh sifatida, qolgan qismi esa maktabning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga va xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi.

• Hech bir maktab direktori yoki o‘qituvchi ota-onalarni qo‘shimcha pulli darslarga majburan jalb qilishi mumkin emas.

• Vazirlik barcha maktab rahbarlarini bu borada qat’iy ogohlantirdi.

• Davlat ta’lim standartidagi darslar pul evaziga o‘qitilishi mutlaqo taqiqlanadi.

2025–2026-o‘quv yilida 738 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinadi. Ularning barchasi bepul ta’lim bilan ta’minlanishi kafolatlanadi.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari esa faqat o‘quv yili boshidan so‘ng ota-onalar so‘rovnomasiga asoslanib tashkil etiladi.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *