Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo’naltirildi
O'zbekiston

Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo’naltirildi

Nilufar Qobilova 13.06.20251 daqiqa o'qiladi
136

Eron havo hududining yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo’naltirildi:

  • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo’nalishidagi HY5343 reysi soat 6:18 da Toshkent aeroportiga qaytib qo’ndi;
  • “Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo’nalishidagi FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 6:37 da qo’ndi.

Shuningdek, “Air Cairo” aviakompaniyasining Olmaota – Sharm-ash-Shayx yo’nalishi bo’yicha SM882 reysi (07:46) va “Qatar Airways” aviakompaniyasining Seul – Doha yo’nalishi bo’yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga favqulodda qo’nishni amalga oshirdi.

Parvozlar holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviatashuvchiga murojaat qilish mumkin.

UPD: “Centrum Air” aviakompaniyasining Toshkent – Doha yo’nalishi bo’yicha C63341 reysi uchish aeroportida kechiktirildi. Yo’lovchilar vaqtinchalik terminalga joylashtirildi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *