Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • JCh-2026. Oʻzbekiston — Qatar uchrashuvidan so’ng taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi
Sport

JCh-2026. Oʻzbekiston — Qatar uchrashuvidan so’ng taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

121

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6 iyundagi farmoniga muvofiq, tarixiy natija qayd etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhi mukofotlangan edi.

Farmonga ko’ra:

➖ Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan terma jamoamizning 25 nafar a’zosi hamda bosh murabbiy Timur Kapadze — “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan;

➖ sobiq bosh murabbiy Srechko Katanes hamda uning shtabidagi yordamchi murabbiylar — “Do‘stlik” ordeni bilan;

➖ O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov — “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, terma jamoamizning shifokori Alisher Aripov II darajali «Salomatlik» ordeni bilan, fizioterapevtlari (A.Bezborodov I.
Usmanov, A. Hasanov) esa «Sog‘lom turmush» medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining quyidagi xodimlariga esa «Shuhrat» medali beriladi:

Axmedov Davron — tarjimon;
Ashirov Shukurullo — administrator;
Igamberdiyev Sherzod — xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
Maksumov Avaz — bosh kotib;
Pirmuxamedov Xasan — fotosuratchi;
Ruziyev Islom — video operator;
Salixov Jamoliddin — bosh mutaxassis;
Tadjiyev Sarvar — administrator;
Fayziyev Davron — marketing va media bo‘limi boshlig‘i;
Xakimov Dilshod — maxsus inspeksiya bo‘lim boshlig‘i;
Sherbayev Jurabek — muxlislar klubi raisi o‘rinbosari.

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi muxlislar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Abdurahmon Fazilov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

O‘yindan keyin ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari qahramon sportchilarimizga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi.

Shuningdek, terma jamoamiz a’zolari va mutaxassislariga BYD avtomobillari sovg‘a qilindi.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *