Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 899.09 +1.19 EUR 13 298.42 −37.94 RUB 141.53 +1.35

JCH-2026. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Qatarga qarshi katta ustunlik bilan o‘ynab, yirik hisobda g‘alaba qozondi

IMG 20250610 205620 482 1

Jahon chempionati saralash guruh bosqichining so‘nggi turida mundial yo‘llanmasini hal qilib bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoamiz Qatar ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Butun to‘qnashuv davomida deyarli raqibning nafas olishiga qo‘ymagan vakillarimiz uchrashuvning 28-daqiqasida hisobni ochdi.

O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Aziz Turg‘onboyev o‘zining ajoyib kuchli zarbasi bilan to‘pni darvozaga mixlab qo‘ydi.

To‘qnashuvning 86-daqiqasida esa jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Unga esa Jamshid Iskandarov assistentlik qildi.

Shuningdek, o‘yinning asosiy bo‘lim so‘nggida zaxiradan maydonga tushgan Igor Sergeyev tushishi bilanoq uchinchi golga mualliflik qildi.