Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Xitoy oʻzining yadro kuchini ochiqladi

Gulhayo Naimova 08.06.20251 daqiqa o'qiladi
43

Xitoy hukumati ilk bor o‘zining eng yangi va kuchli yadroviy quroli haqida ochiq bayonot berdi.

The Sun nashriga ko‘ra, ushbu yadro raketasi 1945-yilda Xirosimaga tashlangan atom bombasidan 200 baravar kuchli va 12 ming kilometr (7,500 mil) uzoqlikka zarba bera oladi.
Qurolning texnik imkoniyatlari uni qit’alararo halokat quroli darajasiga olib chiqadi. Yangi raketa Xitoydan AQSh, Yevropa yoki boshqa uzoq nuqtalargacha yetib borishga qodir.

Mutaxassislar bu qurol Xitoyning avvalgi “minimal tormoz kuchi” doktrinasidan chekinib, global yadroviy tenglashuvda ustunlikka intilayotganidan dalolat berishini taʼkidlashmoqda.

Xitoyning bunday harbiy salohiyatni ochiq ko‘rsatishi xalqaro maydonda kuchli siyosiy signal sifatida baholanmoqda. Tahlilchilarning fikricha, bu global yadroviy muvozanatga bevosita tahdid soladi va AQSh hamda NATO tomonidan javob choralari ko‘rilishiga olib kelishi mumkin.

1945-yilda AQSh tomonidan Xirosimaga tashlangan “Little Boy” nomli bomba 140 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi. Xitoy taqdim etgan yangi bomba kuchi jihatidan undan 200 marta halokatliroq bo‘lishi mumkin.

Pekin hozircha qurolning sinovlari yoki joylashtirilishiga oid rasmiy ma’lumot bermadi. Biroq ekspertlar bu ochiqlikni global yadroviy raqobatning yangi bosqichi deb atamoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *