Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Jahon
  • Netanyahu: Isroil G‘azoda HAMASga qarshi guruhlarga qurol bermoqda
Jahon

Netanyahu: Isroil G‘azoda HAMASga qarshi guruhlarga qurol bermoqda

Gulhayo Naimova 08.06.20251 daqiqa o'qiladi
27

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu G‘azo sektorida HAMASga qarshi kurashayotgan mahalliy guruhlarga qurol-yarog‘ yetkazib berilayotganini rasman tasdiqladi. Bu haqda u  xavfsizlik idoralari bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

“Biz HAMASga qarshi harakat qilayotgan klanlarni (mahalliy guruhlar) qurollantirmoqdamiz. Bu xavfsizlik tizimlarining tavsiyasi asosida amalga oshirilmoqda,” — dedi Netanyahu.

Unga ko‘ra, ayrim mahalliy guruhlar Isroil bilan aloqaga chiqib, yordam so‘ragan va ular o‘z hududlarida HAMAS ta’sirini cheklashga harakat qilmoqda. Bosh vazir bu guruhlar nomini ochiqlamagan bo‘lsa-da, xorijiy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, ulardan biri Rafah shahrida joylashgan Abu Shabab guruhidir.

Mazkur guruh a’zolari Kalashnikov avtomatlari bilan qurollantirilgani aytilmoqda. Ushbu guruh avvalroq gumanitar yordam konvoylarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq hodisalarda tilga olingan va HAMAS tomonidan ochiq tanqid qilingan.

Rasmiy Tel-Aviv bu chorani G‘azoda xavfsizlik muvozanatini tiklash strategiyasi sifatida baholamoqda. Biroq tanqidchilar bunday amaliyot ichki ziddiyatlarni kuchaytirishi va mintaqada beqarorlikni yanada oshirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

HAMAS bu harakatni “Isroilning G‘azo ichki ishlariga noqonuniy aralashuvi” deb baholab, bu siyosat orqali fuqarolar o‘rtasida qarama-qarshiliklar keltirib chiqarilishi mumkinligini bildirgan.

Netanyahu hozircha boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi. Mudofaa vazirligi esa qurollantirish Isroil armiyasi rahbariyatining roziligi bilan amalga oshirilayotganini tasdiqladi, biroq qo‘shimcha izoh bermadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *