Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lov miqdori oshdimi?

Nilufar Qobilova 07.06.20251 daqiqa o'qiladi
90

O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10 foizga oshiriladi, bu esa safarbarlik chaqiruv rezervi — bir oylik harbiy xizmat to‘loviga bevosita ta’sir qiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 million 271 ming so‘mni tashkil etadi. Shu asosda, safarbarlik chaqiruv rezervi uchun to‘lov miqdori 7 barobar hisoblanib, 8 million 85 ming so‘mdan 8 million 897 ming so‘mga oshadi.

So‘nggi yillarda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi quyidagicha o‘zgargan:

  • 2019-yil — 4 mln 40 ming so‘m

  • 2020-yil — 4 mln 755 ming so‘m

  • 2021-yil — 5 mln 754 ming so‘m

  • 2022-yil — 6 mln 440 ming so‘m

  • 2023-yil — 6 mln 860 ming so‘m

  • 2024-yil — 8 mln 85 ming so‘m

  • 2024-avgustdan — 8 mln 897 ming so‘m

To‘lovlar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamida jamlanadi. Ushbu mablag‘lar:

  • Muddatli harbiy xizmatchilar nafaqasi

  • Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

  • Rezerv xizmatchilarini ta’minlash maqsadlariga yo‘naltiriladi.

Fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar safarbarlik chaqiruvi rezerviga qabul qilinadi. Ular oylik harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar, yoki qurolli tajovuz holatlari yuz bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga jalb etilishi mumkin.

To‘lovni bir yo‘la yoki bir yil davomida bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *