AQSh Prezidenti Donald Tramp 4-iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Uchrashuv tafsilotlariga ko‘ra, tomonlar Ukraina urushi, dron hujumlari va Eron yadroviy dasturi haqida fikr almashgan. Suhbat 75 daqiqa davom etdi.
Suhbat mobaynida, Rossiya tomonidan tan olinmagan Pridnestrovye (Transnistria) hududiga qo‘shin yuborilishi masalasida ham rasman tasdiqlanmagan boʻlsada, soʻz borganligi aytilmoqda.
Moldova Bosh vaziri Dorin Recheanning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Pridnestrovye hududiga 10 000 nafar qo‘shin joylashtirishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, bu harakat nafaqat Moldova suvereniteti, balki NATO a’zosi bo‘lgan Ruminiya va Ukraina xavfsizligiga ham tahdid soladi.
Pridnestrovye (Transnistria) — Moldova Respublikasi sharqida, Dnestr daryosi bo‘yida joylashgan tan olinmagan mintaqa. 1992-yilda qisqa muddatli qurolli mojarodan so‘ng, u o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan. Hududda hozirda taxminan 1 500 nafar Rossiyaga aloqador harbiy xizmatchilar mavjud, aksariyati mahalliy aholi. Mintaqa o‘z valyutasi, armiyasi va hukumat tizimiga ega bo‘lsa-da, xalqaro darajada tan olinmagan.
Rossiyaning ushbu hududga qo‘shin kiritish rejasi Ukraina janubi-g‘arbidagi frontga ta’sir qilishi, shuningdek, mintaqada Rossiya ta’sirini kuchaytirishi mumkin. AQSh tomoni hozircha bu bo‘yicha rasmiy bayonot bermagan.
Tramp va Putin o‘rtasidagi so‘nggi telefon suhbati Rossiya harbiy harakatlarining yanada kengayishi mumkinligiga oid xavotirlarni kuchaytirmoqda.