Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Jahon 3 daqiqa o'qish

Gʻazo: Sulh yaqinmi?

Gʻazo: Sulh yaqinmi?

Hamasning juma kuni eʼlon qilishicha, u hali ham AQSh elchisi Stiv Vitkof tomonidan taqdim etilgan Gʻazo bo‘yicha vaqtinchalik sulh taklifini Falastin guruhlari bilan birga muhokama qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bu orada Isroilning navbatdagi havo hujumlari oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Sulh rejasiga koʻra, Isroil kuchlari avvalgi sulh yakunida egallagan pozitsiyalariga qaytishi, Hamas esa 10 nafar tirik garovdagilar va bir nechta jasadlarni ozod qilishi evaziga Isroil 1 100 dan ortiq falastinlik mahbus, jumladan og‘ir jinoyatlarda ayblanib uzoq muddatga hukm qilingan 100 kishini ozod qilishi nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Sulh 60 kun davom etadi va bu vaqt mobaynida uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha muzokaralar olib borilishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, Isroil garovdagilar ozod qilinganidan keyin urushni qayta boshlamaslikka kafolat berishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tramp juma kuni Vashingtonda jurnalistlar bilan suhbatda: “Ular G‘azo boʻyicha juda yaqin kelishuvga kelishmoqda, bu haqida bugun yoki ertaga maʼlumot beramiz,” dedi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Kechga yaqin esa, Hamas bu rejani qabul qiladimi, degan savolga: “Ular ogʻir ahvolda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ular bu holatdan chiqishni istashadi, deb oʻylayman,” deb javob berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Payshanba kuni Hamas vakili Bassem Naim taklifga salbiy munosabat bildirib, “Bu taklif xalqimizning hech bir talabiga, eng muhimi urush va ocharchilikni to‘xtatishga javob bermaydi,” dedi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

BMT matbuot kotibi Stefan Dujarik tomonlarni siyosiy jasorat topib, kelishuvga erishishga chaqirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Qatar elchisi Alia Ahmad Sayf Al-Tani esa “biz Gʻazodagi bu dahshatli vaziyatni to‘xtatishga qat’iy bel bog‘laganmiz,” dedi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Gʻazoga har kuni yuzlab yuk mashinalari orqali oziq-ovqat va gumanitar yordam kirishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Soʻnggi kunlarda blokada biroz yumshatilgan bo‘lsa-da, deyarli uch oydan beri davom etayotgan cheklovlar aholining ocharchilik yoqasiga kelib qolishiga sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Juma kuni shifoxona xodimlari Isroil tomonidan o‘tkazilgan alohida havo hujumlari oqibatida 27 kishi halok bo‘lganini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Xon Yunusdagi chodirga yo‘naltirilgan zarba natijasida 13 kishi, shu jumladan 8 bola halok bo‘lgan. Isroil armiyasi bu borada izoh bermagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Shu kuni Jabaliya qochqinlar lageridan Shifa shifoxonasiga 12 jasad, jumladan uch ayol jasadi olib kelingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati yana ikki jasad Gʻazo shahridagi shifoxonaga yetkazilganini aytdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Payshanba kuni Gʻazada kamida 72 kishi halok bo‘lgan. Biroq bu raqam janglar tufayli aloqadan uzilgan shimoldagi baʼzi shifoxonalardagi qurbonlarni o‘z ichiga olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Urush 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas Isroilga hujum qilib, 1 200 ga yaqin kishini — asosan tinch aholini — o‘ldirib, 250 kishini garovga olganidan keyin boshlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda 58 garovdagi kishi G‘azoda qolmoqda, ammo Isroil ularning 35 nafari halok bo‘lganiga ishonadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bosh vazir Benyamin Netanyahu qolganlarning taqdiri haqida “shubhalar bor”ligini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, urush boshlanganidan beri 54 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Aksariyati ayollar va bolalar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu raqamlar jangarilar va tinch aholi o‘rtasida farq qilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Markaziy Gʻazodagi Deyr al-Balah shahrida yashovchi Muhammad Abed Associated Press’ga: “Bu ochlik, o‘lim, qamal va oziq-ovqat bilan hojatxona oldida navbatlar urushi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu 2025, 2024 va 2023-yillarning dahshati,” dedi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Abedning aytishicha, u va oilasi kuniga faqat bir mahal ovqat yeydi, baʼzan uch soat navbatda turib ozgina guruch olishadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ “Odamlarning siyosat tufayli och qolayotgani yurakni ezadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Oziq-ovqat va suv siyosiy vosita bo‘lishi kerak emas,” dedi u.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Yana bir g‘azolik, Muhammad Mreil esa: “Biz yashashni istaymiz, ularning (isroilliklarning) ham yashashini istaymiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Xudo bizni o‘lish uchun yaratmagan,” deya qo‘shimcha qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga oid

Jahon