Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Toshkentda metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, o‘rniga bepul avtobuslar qatnaydi

IMG 20250530 214506 971

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li bo‘ylab harakatlanadigan “Texnopark – Qipchoq” yo‘nalishida 2025-yil 8-iyundan boshlab ikki metro bekati orasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida uch oy davomida rejali profilaktik ishlar olib boriladi. Bu texnik xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash va metro infratuzilmasining ishonchli ishlashini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Noqulayliklarni kamaytirish uchun mazkur yo‘nalish bo‘yicha “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” oralig‘ida katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) bepul qatnovni boshlaydi. Avtobuslar har kuni ertalab soat 05:00 dan kechki 23:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.