Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 903.15 −62.36 EUR 13 329.15 −108.12 RUB 146.75 +0.79

Nogironlik pensiyalari ham fuqarolar murojaatisiz tayinlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish to‘g‘risida”gi qarori (PҚ-194, 27 may 2025 yil) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibi soddalashtiriladi hamda quyidagi proaktiv mexanizmlar joriy etiladi:

  • Nogironlikning I yoki II guruhiga mansub fuqarolarga pensiyalar alohida murojaat qilish talab etilmasdan avtomatik tarzda tayinlanadi. Shu bilan birga, fuqarolarga tayinlangan pensiyani rad etish huquqi beriladi;

  • Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga hamda yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘taganlarga kompensatsiyalar elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali proaktiv ravishda tayinlanadi;

  • Nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyin, kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lganda, pensiya miqdori har ikki yilda proaktiv tarzda qayta hisoblanadi.

Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab davlat pensiya ta’minoti va “Xalq banki” AT tomonidan pensiyalarni naqd shaklda to‘lash bilan bog‘liq xizmatlar fuqarolarning biometrik identifikatsiyasi (Face-ID) va ularning elektron imzosi orqali amalga oshiriladi.