Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Gʻalaba tantanasi fojea bilan yakunlandi

Gulhayo Naimova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
46

Dushanba kuni Liverpool FC futbol jamoasining Premer-ligadagi g‘alabasini nishonlash uchun o‘tkazilgan parad chog‘ida miniven mashinasi odamlar ustiga chiqib ketdi. Hodisa oqibatida 47 kishi jarohat oldi, deb xabar berdi politsiya.

Voqea Liverpul markazida, Water Street ko‘chasida yuz berdi. Guvohlarning aytishicha, mashina haydovchisi avval olomon bilan tortishgan, so‘ngra mashinani tezlashtirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri odamlarga qarab haydagan. Bir nechta kishi, jumladan bolalar avtomobil ostida qolib ketgan. Ular qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olingan.

Politsiya 53 yoshli erkak haydovchini qo‘lga oldi. Huquq-tartibot organlari haydovchi yolg‘iz harakat qilganligini aytishmoqda.

Jarohatlanganlarning 27 nafari shifoxonaga yotqizilgan, qolganlariga voqea joyida yordam ko‘rsatildi. Ulardan ayrimlari og‘ir ahvolda.

Angliya bosh vaziri Keir Starmer hodisani “dahshatli” deb atab, jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi. Liverpool FC klubi ham voqeani qoralab, jabrlanganlarga yordam berilishini ma’lum qildi.

Bu voqea 1989-yilgi Hillsborough fojiasidan buyon Liverpuldagi eng jiddiy ommaviy jarohatlanish holatidir.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *