Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Makron rafiqasining “shapati”siga izoh berdi

Gulhayo Naimova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
139

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron samolyot trapida rafiqasi Brijit Makron tomonidan yuziga “shapati” urilgan holat bo‘yicha izoh berdi. Bu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Voqea Vetnamdagi tashrif chog‘ida sodir bo‘lgan. Videoda samolyot eshigi ochilgach, Makron paydo bo‘ladi va shu payt Brijit Makron uning yuziga ikki qo‘lini qoʻyib, yengil itargandek qiladi. Makron bir zum hayron bo‘ladi, keyin kulimsirab jurnalistlarga qo‘l siltaydi va rafiqasiga qo‘lini uzatadi. Biroq Brijit qo‘lini emas, perillani ushlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu holat bo‘yicha turli taxminlar va mish-mishlar tarqaldi. Ba’zilar buni jiddiy nizo deb o‘yladi. Ammo Makron bu mish-mishlarni rad etdi.

“Bu shunchaki hazil edi, kulgili daqiqa. Buni global muammo darajasiga olib chiqish noo‘rin,” — dedi u Xanoydagi chiqishida.

Avvaliga Yelisey saroyi bu holat yuz berganini inkor etgan bo‘lsa-da, keyinchalik “bu er-xotinning o‘zaro hazilomuz muomalasi” bo‘lganini tasdiqladi.

Makron yaqinda Albaniyada ham o‘zi uchun noqulay vaziyatga tushgan edi, bu esa uning ommaviy chiqishlariga yana e’tiborni kuchaytirdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *