Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

“Haj” ziyoratiga yuborishga uringan firibgarlar qo‘lga olindi

Nilufar Qobilova 27.05.20251 daqiqa o'qiladi
83

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi bir turistlik firma xodimi 1997-yilda tug‘ilgan shaxs va Bo‘yovut tumanida yashovchi ikki fuqaro Saudiyaga “Haj” ziyoratiga yuborish evaziga jami 12,800 AQSh dollari olgan paytda qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur turfirma xodimlarining 1980 va 1994-yillarda tug‘ilgan ikki nafar xodimi ham fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, ziyoratga yuborish bahonasida ularning pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish sxemasini yaratgani aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va ikki nafar jinoyatchiga nisbatan qamoq ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda, jabrlangan boshqa fuqarolarning shaxsi aniqlanmoqda va zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan shaxs Toshloq tumanida yashovchi fuqaroning “Haj” amalini ado etishi uchun muborak safarga yuborish evaziga 11 ming AQSh dollari olgan paytda ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha ham Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari, 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *