Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Bekhemlar oilasida mojaro: Bruklin rafiqasini tanladimi?

Gulhayo Naimova 26.05.20252 daqiqa o'qiladi
162

Mashhur futbolchi Devid Bekhem va dizayner rafiqasi Viktoriya Bekhem o‘g‘li Bruklin bilan ijtimoiy tarmoqlarda iliq postlar ulashayotgan bo‘lsa-da, ular o‘rtasidagi sovuqlik hanuz davom etmoqda. Garchi ota-onasi “Bruklinni yaxshi ko‘ramiz” deb yozishayotgan bo‘lsa-da, ular hali ham bir-birlari bilan gaplashishmayapti.

Mojaroning ildizi 2022-yilda Bruklin aktrisa Nikola Peltz bilan turmush qurganidan so‘ng boshlangan. To‘y arafasida kelin va qaynonaning kelishmovchiligi yuzaga kelgani haqida xabarlar chiqqan va Bruklin bu vaziyatda rafiqasining tarafini olgan.

Bruklin va Nikola 2022-yil 9-aprel kuni Palm-Bichdagi Peltz oilasining hashamatli mulkida turmush qurishgan.  To‘yda 600 nafar mehmon ishtirok etgan, ular orasida Serena va Venus Uilyams, Eva Longoriya va “Spice Girls” guruhining a’zolari ham bo‘lgan.

To‘y arafasida va keyingi davrda kelin va qaynonaning kelishmovchiligi haqida xabarlar tarqalgan.  Nikola to‘yda Viktoriya Bekhemning dizaynerlik libosini kiymaganligi va to‘y tashkilotchilari bilan yuzaga kelgan muammolar bu ziddiyatni yanada kuchaytirgan.

Shundan buyon Bruklin ota-onasining hayotidagi muhim tadbirlarda ishtirok etmayapti. Devidning 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan bayramda ham u yo‘q edi. Bruklin “Onalar kuni” munosabati bilan Viktoriya Bekhemni ham tabriklamagan. Bunga javoban Viktoriya Instagram’da butun oila a’zolari bilan tushgan suratni joylab, “Biz sizlarni juda yaxshi ko‘ramiz” degan post yozgan. Bu post ham Bruklindan javob olishga yetarli bo‘lmadi.

Shu orada Bruklin Instagram sahifasida rafiqasi Nikola bilan mototsiklda sayr qilayotgan videosini joylab, “Men har doim seni tanlayman” deb yozdi. Bu jumla omma orasida ota-onasiga nisbatan sovuqqon munosabat sifatida baholandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Viktoriya va Devid o‘g‘illari bilan yarashishga harakat qilmoqda, lekin ular hali ham bevosita muloqot qilmagan. Ular oilaning kenja qizi Harperning 14 yoshga to‘lishi munosabati bilan oʻtadigan kechada Bruklin bilan oradagi sovuqlikni bartaraf etishga umid qilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *