Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

O’zbekistonliklar Sloveniyada rasmiy ishga joylashishlari mumkin

Nilufar Qobilova 23.05.20251 daqiqa o'qiladi
224

Sloveniya 1500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini rasmiy ishga joylashtirishga tayyor ekanligini e’lon qildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Behzod Musayev ma’lum qildi.

Sloveniya – rivojlangan Yevropa mamlakati bo‘lib, 2 milliondan ortiq aholisi bor. 2025-yil holatiga ko‘ra, mamlakatdagi ishsizlik darajasi rekord darajada past – 3,2-3,5 foiz atrofida. Shu sababli, ayniqsa qurilish, xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, mehmonxona va restoran biznesi, ishlab chiqarish, ta’lim va axborot texnologiyalari sohalarida malakali kadrlar yetishmovchiligi mavjud.

Eng kam ish haqi 1100 yevrodan boshlanadi, lekin mutaxassislik va til darajasiga qarab ish haqi oshishi kutilmoqda. Sloveniyada ish o‘rinlariga hozirda asosan Filippin va Nepal fuqarolari kelmoqda, ammo ular ko‘pchilik Yevropa mehnat bozori talablariga to‘liq javob bermaydi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Behzod Musayevning so‘zlariga ko‘ra, Sloveniya Bandlik xizmati bilan hamkorlikda yo‘l xaritasi imzolangan bo‘lib, unda O‘zbekistonda Sloveniya standartlariga mos kadrlar tayyorlash va til kurslarini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

Kelasi oy Sloveniya ishchi guruhi O‘zbekistonga tashrif buyurib, imkoniyatlarni o‘rganadi va tanlovlar e’lon qiladi.

Sloveniya ishga joylashish uchun til talabi sifatida rus tiliga yaqin B1 darajasidan past bo‘lmagan til bilimlari talab qilinadi, bu esa o‘zbeklar uchun til o‘rganishni osonlashtiradi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *