Asosiy matnga o'tish
23-Noyabr, Dushanba
Sport 1 daqiqa o'qish

Finaldagi mag’lubiyatdan so’ng Manchester Yunaytedni to’rt nafar futbolchi tark etishi mumkin

Finaldagi mag'lubiyatdan so'ng Manchester Yunaytedni to'rt nafar futbolchi tark etishi mumkin

“Manchester Yunayted” Yevropa Ligasi finalida “Tottenhem”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan keyin jamoa ustozi Ruben Amorim ishonchni oqlamagan bir nechta futbolchi jamoadan ketishini istamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Give Me Sport nashriga tayanib Championat xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumotlarga ko‘ra, darvozabon Andre Onana, himoyachi Lyuk Shou, yarim himoyachi Kazemiro va hujumchi Rasmus Hoylund mavsum yakunlangach, “qizil iblislar” safini tark etishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Klub Hoylundni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda, ammo xaridor topilmasa, uni ijaraga berish ehtimoli ham mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kazemiro va Shou yuqori maosh oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuning uchun ularni sotish biroz qiyin kechishi aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bilan birga, “Manchester Yunayted” Onanaga bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Klub zaxira darvozaboni Altay Bayindirning ham yozda jamoani tark etishi mumkinligini hisobga olib, “qizil iblislar” yozgi transfer oynasi vaqtida ikkita posbon qidirishga majbur bo‘lmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” 37-turdan keyin Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalida 16-pog‘onani egallab turibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Klub Yevropa Ligasi finaliga chiqqan edi, ammo hal qiluvchi bahsda “Tottenhem”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abrambek Azimov
Muallif
Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Mavzuga oid

Sport