Rossiya hukumati 2025-yil 19-may kuni “Xalqaro amnistiya” inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotining mamlakat hududidagi faoliyatini rasman taqiqladi.
Tashkilot “Rossiya xavfsizligiga zid harakatlar qilmoqda” degan asos bilan nomaqbul deb topildi.
Bu qarorga ko‘ra, ushbu tashkilot bilan har qanday shakldagi hamkorlik — moliyaviy, axborot yoki tashkiliy — endi qonunbuzarlik hisoblanadi va jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.
Rossiya Adliya vazirligi rasmiy bayonotida mazkur tashkilot mamlakat konstitutsion tuzumiga xavf tug‘dirayotgan faoliyat yuritayotganini bildirdi.
Tashkilot esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etib, bu qarorni “inson huquqlari himoyachilarini siquvga olishning navbatdagi isboti” deb baholadi.
“Xalqaro amnistiya” tashkiloti — dunyo bo‘ylab qiynoqlarga, siyosiy mahbuslarga va fuqarolik erkinliklarining buzilishiga qarshi kurashadi.