Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 15-may kuni imzolagan qaror (№ПҚ–184) asosida 2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Ushbu hujjat asosida mamlakatda ekologik savodxonlikni oshirish, fuqarolarning tabiatga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish va “yashil” iqtisodiyot sari harakatlanish maqsad qilingan.
Konsepsiyaning “v” bandida transport vositalari orqali atrof-muhitga zarar yetkazuvchi xatti-harakatlar, jumladan, avtomobil oynasidan chiqindi tashlash kabi holatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan. Ushbu band asosida Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi normalarga koʻra, transportdan chiqindi tashlash endi faqatgina odobsizlik sifatida emas, balki qonunbuzarlik sifatida ko‘riladi va u uchun maʼmuriy jazolar qoʻllaniladi.