Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Endi poyezd har kuni o’tmaydigan temir yo’l kesishmalarida to’xtab o’tish shart bo’lmaydi

IMG 20250516 182202 047 1

Bugungi kunda yo‘llardan kesib o‘tuvchi ayrim temir yo‘llarda hafta yoki kun davomida vagonlar harakatlanmasada, haydovchilar belgi oldida to‘xtashga majbur va natijada uzun tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (ko‘prik oldida), Chuponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasi, Kichik halqa yo‘li (Qushbegi) singari yirik yo‘llarda zarurat bo‘lmasa-da, haydovchilar to‘xtashga majbur bo‘lishyapti.

Shu bois qaror asosida avtomobil yo‘llaridan o‘tgan ayrim temir yo‘l kesishmalarida “Stop” belgilari boshqariluvchi svetoforlarga almashtirilishi taʼkidlandi.