O‘zbekiston Prezidenti ta’lim tizimidagi islohotlar doirasida xususiy oliygohlarda pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayonini tartibga solish zarurligini ta’kidladi.
Bugungi kunda xususiy oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarining 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha o‘qiyotgani qayd etildi.
“Agar biz aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglarni ko‘paytirmasak, IT, yashil energetika, sun’iy intellekt, yangi materiallar kabi dolzarb sohalarga kadrlarni qayerdan olamiz?” – dedi Prezident yig‘ilishda.
Shu bois, xususiy oliygohlarda pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari davlat institutlari bilan bir xil bo‘lishi belgilandi. Endilikda bu oliygohlardagi o‘qituvchilar va talabalar tashqi diagnostika asosida baholanadi, natijada xususiy sektor ta’lim sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.