Pochta :16
Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida yashovchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘iga nisbatan aliment to‘lamaganlik bo‘yicha sudga murojaat qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol sud qaroriga muvofiq farzandini boqish uchun 22 million 363 ming 310 so‘m miqdorida aliment to‘lashi kerak bo‘lgan.
Sud majlisida u ushbu qarzdorlikni to‘liq tan olgan, biroq to‘lashdan bosh tortgan.
Sud holatni inobatga olib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.