Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Madaniyat-san'at

Shohruh Xon va qizi Suhana bir filmda

Gulhayo Naimova 10.05.20252 daqiqa o'qiladi
106

Hind kinosining yulduzi Shohruh Xon 2026-yilda muxlislarini navbatdagi yirik loyihasi — King nomli triller janridagi film bilan hayratda qoldirish arafasida.

Bu film nafaqat aktyorning o‘zi, balki kino olamiga endigina kirib kelayotgan qizi Suhana Xon uchun ham alohida ahamiyatga ega. Chunki bu loyiha ular uchun ilk marta birgalikda ishlash imkonini beradi.

King filmida Shohruh Xon jinoyat olamining qudratli yetakchisi rolini ijro etadi. Unga qarama-qarshi kuch sifatida esa Abhishek Bachchan ko‘rinadi — bu aktyor o‘zining kuchli dramaviy rollari bilan tanilgan. Suhana Xon esa filmda yosh va jur’atli qiz obrazini yaratadi. Filmda shuningdek, Arshad Varsi ham ishtirok etadi.

Film Siddhart Anand rejissyorligida suratga olinmoqda. U ilgari ham katta byudjetli filmlari bilan muvaffaqiyatga erishgan.

Ssenariy ustida Sujoy Gosh, Suresh Nair va Sagar Pandya kabi tajribali ssenaristlar ishlagan. Loyiha Shohruh Xonning “Red Chillies Entertainment” kompaniyasi hamda “Marflix Pictures” tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

Dastlab 2025-yil mart oyida suratga olish boshlanishi kutilgan edi, biroq Shohruh Xon ssenariyning mukammal bo‘lishini istagani uchun bu muddat iyul oyiga ko‘chirildi. Bu esa filmga bo‘lgan yondashuv qanchalik jiddiy ekanini ko‘rsatadi.

Film saundtreklarini mashhur bastakor Anirudh Ravichander yaratmoqda. Bu uning Shohruh Xon bilan “Jawan” filmidan keyingi ikkinchi hamkorligidir. Musiqalar filmning dramatik ruhini yanada chuqurlashtirishi kutilmoqda.
King filmi 2026-yilning oxirgi choragida ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *